〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
👍 Usmoniylar imperiyasida XVII asrdan boshlab poytaxt Istanbulda dunyoviy fanlarni rivojlantirishga qaratilgan harakat boshlandi. Ayniqsa, matematika, astronomiya va tarixiy-etnografik yo‘nalishlarda yirik asarlar dunyoga keldi.
a) O‘zining dunyoviy qarashlari va yirik asarlari bilan ilm-fan rivojiga unumli hissa qo‘shgan, matematika va astronomiya sohasida faoliyat yuritgan turk olimlari nomini (kamida 3 ta) yozing.
Javob: a)
b) XVII asr turk adabiyotida o‘ziga xos faollikni ifodalovchi, buyuk tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligi aytilgan “Sayohatnoma” asari muallifini yozing.
Javob: b)
👍 Xitoyda minlar davrida milliy madaniyat, san’at va adabiyot gullab-yashnadi. Hunarmandchilikdagi yutuqlar tufayli tabiiy va amaliy fanlarga bo‘lgan qiziqish ortib, yirik ensiklopediyalar yaratildi.
a) Qadimiy xalq afsonalari asosida yaratilgan, xitoylik ruhoniyning mo‘jiza izlab Hindistonga qilgan safari tasvirlangan mashhur roman nomini yozing.
Javob: a)
b) Taniqli Xitoy amaldori Syuy Guansi tomonidan lotin tilini o‘rganish va yevropalik missionerlar bilan tanishish asnosida yaratilgan yirik ensiklopediya qanday nomlanadi?
Javob: b)
👍 Yangi davrda Koreyada ijtimoiy-siyosiy inqiroz hukmdorlarni islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Feodal munosabatlarning to‘siq bo‘lishiga qaramay, mamlakatda mahalliy bozorlar shakllandi, savdo kengaydi va madaniyat rivojlandi.
a) Koreyada 1725–1776-yillarda hukmronlik qilib, to‘g‘onlar qurdirgan, don omborlari tashkil etgan hamda eng og‘ir qiynoq turlarini (oyoqlarni sindirish) qat’iyan taqiqlagan qirol ismini yozing.
Javob: a)
b) Koreys tasviriy san’atida Xitoyning peyzaj usuli kirib kelishi natijasida keng tarqalgan, “tog‘ va suvni tasvirlash” janri deb atalgan yo‘nalishning eng mashhur uch nafar rassomini yozing.
Javob: b)
🌐 @tarix_sifatli_testlar
Post #6536
2.57K
- 😍 11
- ❤🔥 7
- ❤ 6
- 👍 5
- 🎉 5
- 🔥 4
- 🤩 4
- 💯 2