TGViewer
FDU. Tarix fakulteti FDU. Tarix fakulteti @tarix_fdu · 934 subscribers
Post #1594 1.44K

Forwarded from Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantirish markazi

⌨️ “HEMIS Mobile” ilovasining yangi — 4-versiyasi ishga tushirildi.


ℹ️ Mazkur yangilanishlar doirasida so‘rovnomalar tizimi takomillashtirildi, imtihon topshirish jarayonida yuzni tanish texnologiyasi (face detection) joriy etildi, talabaning individual rivojlanish yo‘l xaritasi ishlab chiqildi hamda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya amalga oshirildi.

🖥 Xususan:

✅ talaba profiliga Global so‘rovnoma funksiyasi qo‘shilib, keng ko‘lamli so‘rovnomalarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi;

⌛ ilovaning bosh sahifa dizayni yangilanib, foydalanish yanada qulaylashtirildi;

💯 imtihon topshirish jarayonida yuzni tanish texnologiyasi (face detection) joriy etildi;

🚛 career.edu.uz platformasi bilan integratsiya qilinib, platformaga avtorizatsiyasiz kirish hamda rezyumeda ta’lim ma’lumotlarini avtomatik shakllantirish imkoniyati yaratildi;

💰 shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi (kontrakt.edu.uz va shartnoma.edu.uz) bilan integratsiya orqali moliyaviy to‘lovlar (kontrakt, ijara, TTJ, qayta o‘qish shartnomalari) to'g'risidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati yaratildi;

🎓 Sun'iy intellekt texnologiylari asosida talabaning individual rivojlanish yo‘l xaritasi (Road Map) ishlab chiqilib, shaxsiy rivojlanish rejalarini tuzish va rejalashtirish imkoniyati yaratildi;

🆔 HEMIS AI — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi funksionallari yanada takomillashtirilib, o‘quv jarayoni, akademik faoliyat va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha aqlli tavsiyalar berish imkoniyati kengaytirildi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂

RAQAMLI TA’LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA’LIM XIZMATLARI


👉 Raqamli ta’lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling
More from @tarix_fdu
  1. Oct 14, 2026#Salomatlik_kuni 🏃‍♂️ SPORT — SALOMATLIK GAROVI! Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakul…
  2. Oct 13, 2026#ijtimoiy_faollik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvc…
  3. Oct 13, 2026#tanishing_yangi_vazirimiz 🗞O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimo…
  4. Oct 12, 2026#natija 🏆 KEYINGI BOSQICHGA YO‘LLANMA OLGAN TALABALARIMIZ! * To‘lanboyev Islombek Ilhomjo…
  5. Oct 12, 2026#Zakovat Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida hamda Vazirlar Mahkam…
  6. Oct 12, 2026📢 BUGUNGI KUNNING MUHIM VOQEALARI! Assalomu alaykum, aziz talabalar! 👋 Bugun sizlarni ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →