TGViewer
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal Ta'lim.uz | Rasmiy kanal @talimuz · 178K subscribers
Post #1996 13.5K
8529417.pdf1.2 MB
Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 552-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.

— Kimlar va qanday tartibda o‘tadi?
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
— Imtihon qanday o‘tkaziladi?
Sinovlar 2 bosqichda, jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi:
• 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);
• 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball).
Sertifikat olish uchun nomzod har ikki bosqichning har birida kamida 70 foiz natija ko‘rsatishi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball to‘plashi shart.
— Sertifikatsiz ishlash mumkinmi?
Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga uni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham o‘ta olmagan ustaning mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
— Kimlarga sertifikat sinovlarsiz beriladi?
O‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi.
— Sertifikatlash uchun to‘lov qancha?
Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi. Ixtiyoriy, ya’ni navbatdan tashqari sertifikatlash uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma taqdim etiladi.


✅ @talimuz
  • ❤ 14
  • 👏 6
More from @talimuz
  1. Oct 14, 2026❗️2026-2027 o'quv yilida olingan milliy sertifikat qanday imtiyozlar beradi? Batafsil vide…
  2. Oct 14, 2026Xodimni quruq oylikda qoldirib ketishga undash tazyiq deb baholanadi Xodimni ishdan ketish…
  3. Oct 14, 2026IIV akademiyasida 2027-yildan super kontraktli yo‘nalish ochiladi 2027/2028-o‘quv yilidan…
  4. Oct 13, 2026❗️Prezident ta’lim vazirini nega “Eng ishongan kadrim” dedi? Yangilik, undan chiqadigan 3…
  5. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  6. Oct 10, 2026⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun 4 000 ta GRANT ajratiladi — Hujjatlar 15-oktyabrga qad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →