❗️Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qancha?
Nizomning 21-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m bo‘lishi hisobga olinganda, to‘lovlar quyidagicha:
Davlat xizmatlari markazi orqali:
— 2026-yil 1-sentabrgacha: 206 000 so‘m
— 2026-yil 1-sentabrdan: 220 000 so‘m
pedagog.uzedu.uz platformasi orqali:
Bu usulda 10% chegirma qo‘llaniladi.
— 1-sentabrgacha: 185 400 so‘m
— 1-sentabrdan: 198 000 so‘m
my.gov.uz portali orqali:
Bu yerda ham 10% chegirma mavjud.
— 1-sentabrgacha: 185 400 so‘m
— 1-sentabrdan: 198 000 so‘m
Muhim: to‘lov attestatsiyaga ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish vaqtida amalga oshiriladi.
“Navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlangach, pedagogga to‘lov bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilgan kvitansiya yuboriladi.
To‘lov aynan kvitansiyada ko‘rsatilgan INVOYS RAQAMIGA amalga oshirilishi kerak.
Tabiiy fanlar”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @tabiiyfani
👉 @tabiiyfani
Post #822
857