TGViewer
Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal @surviib · 29.7K subscribers
Post #68433 2.39K
“TURMUSH” — KENG QAMROVLI PROFILAKTIK TADBIRI

Sherobod tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchi qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga rioya qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.

Tadbir Sherobod tumani IIB JXX HPB XQMB profilaktika inspektori kapitan S. Xudoyqulova tomonidan olib borildi.

Asosiy maqsad — voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘quvchi qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashdan iborat.

Huquqiy bilim — mas’uliyatli hayot garovi! Yoshlar kelajagi va xavfsizligi barchamiz uchun muhim!

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
More from @surviib
  1. Oct 10, 2026#targ‘ibot Voyaga yetmagan va haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan avtom…
  2. Oct 10, 2026Denov tumanida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi Surxondaryo viloyati…
  3. Oct 10, 2026Qumqoʻrgʻon tumanida Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan mulkiy jinoyatlarning oldini o…
  4. Oct 10, 2026Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida navbatdagi sport m…
  5. Oct 10, 2026▶️ Бошқарма бошлиғи ўринбосари-ИИБ ҳузуридаги тергов бошқармаси бошлиғи, полковник Хуршид…
  6. Oct 10, 2026✅ Жорий йилнинг 11 октябрь (якшанба) куни Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармаси ҳамда ҳ…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →