IIV Surxondaryo akademik litseyida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Kelajak poydevori — ustozlar” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘qituvchi va murabbiylarning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi sharafli mehnatini e’tirof etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir avvalida akademik litsey direktori o‘rinbosari, podpolkovnik A.J. Nurkeldiyev so‘zga chiqib, dargohda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram dasturi davomida akademik litseyning iste’dodli o‘quvchilari tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan she’riy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda milliy raqslar namoyish etildi. O‘quvchilarning mazmunli va badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni ifoda etdi.
Tadbir so‘ngida, faol qatnashgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar hamda badiiy kitoblar to‘plamlari bilan taqdirlandi
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
Post #68015
2.71K








