TGViewer
Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal @surviib · 30.1K subscribers
Post #67679 2.46K
Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy ma'daniyat va sa'nat fakulteti talabalariga 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida “Huquqiy bilim – shaxsiy xavfsizlik kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida institut inspektori B. Allaberdiyev tomonidan talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, internetdagi firibgarliklar, pul tikish o‘yinlari, giyohvandlik hamda ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan saqlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumi yaqinlashayotgani munosabati bilan, is gazidan zaharlanish, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi o‘quv yilida talabalarning xavfsiz muhitda ta’lim olishlari va yashashlarini ta’minlash hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdir.


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
More from @surviib
  1. Sep 24, 2026#yoshlar_kuni “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bi…
  2. Sep 24, 2026#yoshlar_kuni Payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan Huquqni muxofaza qiluvchi organlar…
  3. Sep 24, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →