2-qismda render uchun kodbaza tayyor bo'ldi dedik. lekin u hali faqat kompyuter ichida ishlaydi, o'zi ovoz yozolmaydi, video topolmaydi, instagramga chiqarolmaydi. demak agentga qo'l berish kerak, ya'ni tashqi servislarni API orqali ulaymiz.
Men ulagan "qo'llar":
⢠Ovoz -> ElevenLabs. Claude o'zbekcha matnni yozadi, lekin o'qib berolmaydi. ElevenLabs dagi Jahongir ovozi o'zbekchani ancha tabiiy o'qiydi, agent matnni o'zi yuboradi va tayyor mp3 ni oladi. keyin subtitr uchun har bir so'zni qaysi soniyada aytilganini o'lchaydi
⢠Kadrlar -> NASA, Pixabay, Pexels. bular bepul va litsenziyasi ochiq. agent mavzuga qarab o'zi qidiradi, har bir klipni ko'rib chiqadi, watermark, logo yoki AI yasagan video bo'lsa tashlab ketadi. qaysi klip qayerdan olinganini ham yozib qo'yadi
⢠Instagram -> Graph API. reels joylash, story, izohlarni o'qish va javob yozish, statistika (necha kishi ko'rdi, necha soniya ko'rdi). kuniga 100 ta post limiti bor, bizga bemalol yetadi
⢠YouTube -> Data API. o'sha videoni Shorts ga ham chiqaradi, izohlarni ham ko'radi. faqat bir nuqta: google API ni audit qilmaguncha video private chiqadi, men hozircha Studio dan qo'lda Public qilib turibman
⢠Telegram bot -> men bilan agent o'rtasidagi aloqa. agent video tayyor bo'lsa botga tashlaydi, men ko'rib chiqaman. bot faqat mening chatimni eshitadi, boshqa odam yozsa javob bermaydi
Hammasi serverda Claude Code orqali ishlaydi, kalitlar (API key lar) faqat serverdagi .env faylda turadi. agentni o'zi ularni o'qiy olmaydi, buni atayin shunday qildim.
Shu yerda eng muhim savol tug'iladi: agent o'zi xohlagan narsani profilimga chiqarib yubormaydimi? xato fakt aytib qo'ysa-chi?
4-qismda shu haqida, ya'ni men agentni qanday nazorat qilaman va nega u mening ā belgimsiz hech narsa joylay olmaydi.
barcha qismlarni pin qilib qo'yaman.
Sizningcha agentga yana qanday "qo'l" berish kerak? izohlarda yozing
@sukhrob_abdullaev