TGViewer
StudentHunter StudentHunter @studenthunter · 1.86K subscribers
Post #252 1.78K
Universitetlar qanday abituriyentlarga hech ikkilanmay rad javobini yuboradi?

👩‍💻 Top universitetlarga hujjat topshirishda quyidagi xatolarga yo’l qoysangiz darrov rad javobini olasiz:

1. Bo‘sh profil😶‍🌫️
Agar sizda na loyihalar, na musobaqalar, na faoliyatlar bo‘lsa – faqat diplom va IELTS sertifikati bilan cheklansangiz, bu yetarli emas.

Reytingdagi universitetlar shunchaki yaxshi o‘qiydiganlarni emas, balki tashabbuskor va faol yoshlarni qidiradi.


⸻

2. Internetdan ko‘chirilgan "motivation letter"
“I want to study at your esteemed university…” kabi internetdan ko‘chirilgan iboralar – ko‘riboq rad etiladi.

Komissiya sizni haqiqiy shaxsingiz sifatida ko‘rishni istaydi, shablonni emas.


⸻

3. Maqsadsiz yutuqlar ro‘yxati🗒️
“Olimpiadada qatnashdim. Volontyorlik qildim. Debatlarda bo‘ldim.”
Yaxshi, lekin nima uchun? Bundan qanday xulosa chiqardingiz? Bu sizni qayerga olib bordi?

Siz qilgan ishlar nimaga olib kelganini tushuntira olmasangiz – bu oddiy ro‘yxat bo‘lib qoladi.


⸻

4. Past GPA yoki test natijalari
Profil umumiy holatda ko‘riladi, lekin agar GPA 2.5/4 bo‘lsa, IELTS 5.0 bo‘lsa – kechirib qo'yasiz🗑

Minimum talablarni bajarmasdan yuqori natija kutish noto‘g‘ri.


———

Agar siz yuqoridagilardan birontasini o‘zingizda ko‘rsangiz – hali kech emas. Profilingizni to‘g‘rilab olishga vaqt bor🤝

Postni chet elga topshirmoqchi bo'lganlarga tashlab qo'ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
  • 👍 7
  • 🌚 2
  • 👏 1
More from @studenthunter
  1. Feb 10, 2026🔔 Yangilanish Xavfsizlik chorasi sifatida platformamiz faoliyati vaqtincha rasmiy .uz dom…
  2. Jan 3, 2026⚠️ Diqqat Platformamizda xavfsizlik bilan bog‘liq holat aniqlangan. Platformamiz domeni bi…
  3. Jan 3, 2026⚠️ Warning A security issue has been detected on our platform. There is a problem with the…
  4. Dec 16, 2025Xabaringiz bor StudentHunter kompaniyasi, dunyoning yetakchi ta'lim tashkilotlaridan biri…
  5. Dec 1, 2025🔥 StudentHunter’dan yirik yangilik va super taklif! StudentHunter — Rasman IDP Education…
  6. May 19, 2025🇨🇦University of Prince Edward Island (UPEI) University of Prince Edward Island (UPEI) —…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →