“Free Energy Pro” loyihasining 6-versiyasi ishlab chiqilmoqda“INNO” innovatsion texnoparkida o‘tkazilayotgan “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturi doirasida olis hududlar aholisi uchun mo‘ljallangan “Free Energy Pro” qurilmasining 6-versiyasi ustida ish olib borilmoqda.
Yosh muhandis Ozodbek va uning jamoasi tomonidan yaratilayotgan ushbu texnologik yechim bitta qurilma orqali bir vaqtning o‘zida uchta dolzarb masalani — elektr energiyasi, gaz ta’minoti hamda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan. Dastlabki amaliy sinovlar natijasida ushbu ishlanma hududlar aholisida yuqori qiziqish uyg‘otdi.
Hozirda akseleratsiya dasturi ko‘magida qurilmaning texnik imkoniyatlari takomillashtirilib, uni ommaviy foydalanishga topshirish va olis hududlardagi turmush sharoitini yaxshilash jarayoni davom etmoqda.
Bizni kuzatib boring:
Telegram |
Instagram |
YouTube