TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.7K
Photos
1.6K
Videos
266
Links
1.3K

Showing posts older than #2440 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #2439 1.72K
🔝 $20 000 dan $1 000 000+ gacha moliyalashtirishga ega grant va tanlovlar
Startaplar, NNT va ijtimoiy loyihalar uchun dolzarb imkoniyatlar ro‘yxati:


1️⃣ iF Social Impact Prize
Mukofot jamg‘armasi: 100 000 yevrogacha.
Yo‘nalishi: Ijtimoiy loyihalar va NNTlar.

2️⃣ OSV Fellowship 2026
Mablag‘: $100 000 dan yuqori.
Yo‘nalishi: Startap asoschilari va ijtimoiy tadbirkorlik.

3️⃣ QazInnovation — Texnologiyalarni tijoratlashtirish
1-bosqich: 20 mln tenge / 2-bosqich: 80 mln tenge.
Yo‘nalishi: MVP bosqichidagi texnologik startaplar.

4️⃣ BCC Women’s Business Contest
Mablag‘: 10 mln tengagacha.
Yo‘nalishi: Tadbirkor ayollar.

5️⃣ The Gap In Between Startup Challenge
Mablag‘: $50 000 dan yuqori.
Yo‘nalishi: Impact-startaplar (ijtimoiy ta'sirga ega loyihalar).

6️⃣ Zayed Sustainability Prize
Mablag‘: $1 000 000 gacha.
Yo‘nalishi: Barqaror rivojlanish sohasidagi yirik loyihalar.


7️⃣ Thrive Challenge 2
Mablag‘: $1 000 000 gacha investitsiya.
Yo‘nalishi: Agrotech, FoodTech, AI va ClimateTech (barqaror rivojlanish loyihalari).

8️⃣ Silkway Accelerator
Mablag‘: $100 000 gacha Google Cloud krediti va investitsiya jalb qilish imkoniyati.
Yo‘nalishi: PMF va Scale bosqichidagi startaplar (xalqaro bozorga chiqish va o‘sish).


Tanlovlarda ishtirok etish uchun muddatlarni o‘tkazib yubormang — arizalarni hoziroq to‘ldirishni boshlang!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • 🫡 4
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 2
Post #2437 881

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 11
  • 😁 5
  • 🤣 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 😢 1
Post #2436 876
StartUpper Video message
💐 Gulchilik biznesida yangi yo‘nalish

Nima deb o‘ylaysiz, bu yo‘nalish qanchalik samarali?
  • ❤ 5
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #2435 870

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 9
  • ❤ 4
  • 🔥 4
Post #2434 912
StartUpper Video message
Startaplar uchun muhim yangilik 🎉

HICOOL
— Xitoyning Pekin shahrida 2020-yilda tashkil etilgan xalqaro startap va tadbirkorlik platformasi bo‘lib, Beijing Overseas Talents Association tomonidan boshqariladi. Uning asosiy maqsadi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan innovatsion startaplarni topish, qo‘llab-quvvatlash va Xitoy bozoriga olib chiqishdir. Har yili o‘tkaziladigan HICOOL Global Entrepreneurship Competition orqali millionlab dollarlik mukofot fondi, investorlar va ekspertlar bilan bog‘lanish imkoniyati taqdim etadi. Platforma texnologik startaplarni kapital, mentorlik, akselerator dasturlari, o‘quv kurslari, investitsiya fondi va sanoat parklari orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston startaplari uchun ham ochiq hisoblanadi.


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 5
  • ⚡ 5
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #2433 825

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 4
  • ⚡ 3
  • ❤ 3
Post #2432 886
StartUpper Video message
📍 Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarida doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi
  • ❤ 4
  • 🎉 3
  • 🤝 1
Post #2427 1.03K
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Xitoy ilmiy-texnik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 16-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Xitoy Hukumatlararo ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha quyi komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Chuntsin universiteti bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida arxitektura va muhandislik sohalarida ilg‘or ishlanmalarni joriy etish hamda texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
  • 🤝 1
Post #2426 886
🕵️‍♂️ Startap-detektiv o‘yini yakunlandi!

Ishtirok uchun rahmat. Bugun biz yirik loyihalarning o‘tmishdagi ilk ko‘rinishlarini ko‘rib chiqdik.

✅ To‘g‘ri javoblar:

Netflix
YouTube
Amazon
Instagram
Payme
My taxi


Xo‘sh, siz nechta startapni topdingiz? Natijalarni izohlarda yozib qoldiring! 👇

Keyingi o‘yinlarda ko‘rishguncha. 🚀
  • ❤ 6
Post #2425 774
O'zbekistonda taksi chaqirish madaniyatini o'zgartirgan ilk milliy ilovalardan biri. U ishga tushganida ko'cha to'la taksi edi va hech kim 'knopka' orqali mashina chaqirishga ishonmasdi.

Savol: Bu qaysi brend?
  • ❤ 1
Post #2424 663
StartUpper Bu startap chiqquniga qadar kartadan kartaga pul o'tkazish faqat bank kassalari orqali amalga oshirilardi. Ular bu jarayonni bir necha soniyaga tushirishdi. Savol: O'zbekistondagi birinchi va eng mashhur fintex loyihalardan biri?
Xato javob: Click
  • 😁 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #2423 765
Bu startap chiqquniga qadar kartadan kartaga pul o'tkazish faqat bank kassalari orqali amalga oshirilardi. Ular bu jarayonni bir necha soniyaga tushirishdi.

Savol: O'zbekistondagi birinchi va eng mashhur fintex loyihalardan biri?
  • ❤ 1
Post #2422 647
Bu ilova aslida 'check-in' qilish va viski ichishni rejalashtirish uchun yaratilgan edi. Lekin asoschilar odamlarga faqat bitta funksiya — rasm ulashish yoqayotganini tushunib, qolgan hamma narsani olib tashlashgan.

Savol: Bu qaysi ilova?
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 💔 1
Post #2421 676
Dunyoning eng boy odamlaridan biri o‘z biznesini garajda, mana shunday oddiy sayt bilan boshlagan. O‘sha paytda u faqat kitob sotardi.

Savol: Bu qaysi platforma?
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #2420 634
Aslida bu loyiha video-tanishuv (dating) sayti sifatida ishga tushgan. Foydalanuvchilar o'zi haqida video yuklab, juftini topishi kerak edi. Lekin hech kim bunday qilmagan, odamlar shunchaki qiziqarli videolarni yuklay boshlagan.

Savol: Nomini o'zgartirmagan, lekin yo'nalishini butkul o'zgartirgan bu platforma qaysi?
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 💔 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →