O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida kursantlar texnoparkning faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv-ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube









