Bugun, 8-sentabr kuni INNO Technoparkda 150 dan ortiq ariza orasidan saralab olingan eng istiqbolli 30 ta jamoa ishtirokida INNOLAB akseleratsiya dasturining tantanali ochilish marosimiga qadam qo‘yildi.
Biotexnologiya, farmatsevtika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyalari va ekologiya yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar endi tajribali mentorlar va soha ekspertlari ko‘magida yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Oldinda jamoalarni g‘oyadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan intensiv master-klaslar, amaliy sessiyalar va ekspert ko‘riklari kutmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube