Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
🟣Asosiy muddatlar va bosqichlar
O‘tkazilish vaqti: Har yili sentyabr – dekabr oylarida.
1-bosqich: Sentyabr – oktyabr oylarida barcha davlat OTMlarida o‘z talabalari uchun tashkil etiladi.
Respublika bosqichi: Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
E’lon berish: OTMlar har yili 10-sentyabrda 1-bosqichga arizalar qabuli boshlangani haqida e’lon beradi.
Ariza topshirish: Talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etish uchun ariza beradi.
Baholash mezonlari (100 ballik tizim)
Innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha
Innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha
Mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha
Xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha
Innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha
🟣Grant va moliyalashtirish miqdorlari
1-bosqich g‘oliblari uchun:
1-o‘rin: 50 mln so‘m
2-o‘rin: 30 mln so‘m
3-o‘rin: 20 mln so‘m
🟣Respublika bosqichi g‘oliblari uchun:
1-o‘rin: 500 mln so‘m
2-o‘rin: 300 mln so‘m
3-o‘rin: 200 mln so‘m (Respublika bosqichi mukofotlari Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq ajratiladi).
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
