Bundan bir oy avval startaplarning dastlabki g‘oyalarini saralash hamda bozor talablariga moslashtirishga qaratilgan “IdeaFit 30” intensiv dasturini boshlagan edik.
Bir oy davomida saralangan 20 nafar ishtirokchi mentorlar va koordinatorlar ko‘magida intensiv ta’lim oldi. Dastur davomida startapchilar g‘oya bosqichida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolarni tahlil qilib, o‘z loyihalaridagi muammolarni bartaraf etishdi.
Bugun ushbu dastur yakunlandi. Ammo bu yakun emas, balki:
- Tashkilotchilar;
- Bitiruvchilar;
- Va bo‘lajak yangi ishtirokchilar uchun yangi start nuqtasidir!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube




