TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.75K subscribers
Post #2798 4.88K
#diqqat_tanlov

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

“Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.

Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:

- Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi;
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi;
- So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
- Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
- G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
- Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar).


❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
More from @startupper_uz
  1. Oct 2, 2026Reklamasiz mijoz topishning 4 usuli Hotmail, Dropbox, Airbnb va Notion birinchi foydalanuv…
  2. Oct 2, 2026Post #3168
  3. Oct 2, 2026🚀 Startapingizni bozorga chiqarish ham mahsulot yaratishchalik muhim. Siz uchun startap m…
  4. Oct 1, 2026Aziz va qadrli ustozlar! Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy mubor…
  5. Sep 30, 2026– Agar biz davlatimizni qudratli qilamiz desak, iqtisodiyotimizni kuchli qilamiz desak, bi…
  6. Sep 29, 2026⚙️ Yosh muhandislar mamlakatimiz salohiyatini yangi bosqichga olib chiqa oladimi? Bugun “K…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →