Dyson Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartiradigan yuqori texnologiyali issiqxonalarni ishga tushirdi. Bu yerda qulupnaylar joy va quyosh nurini tejash uchun xuddi charxpalak kabi aylanadigan 5,5 metrli vertikal konstruksiyalarda o‘stirilmoqda.
Xo‘sh, tizim qanday ishlaydi? Aqlli datchiklar va sun’iy intellekt (AI) dasturlari o‘simliklar muhitini uzluksiz optimallashtiradi, hosildorlikni oshiradi hamda hosilni yig‘ish va ekinlarni himoya qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi. Dyson’ning ushbu loyihasi robototexnika va sun’iy intellekt an’anaviy tarmoqlarga jadal kirib, infratuzilma hamda ishlab chiqarish bilan qanchalik uyg‘unlashib borayotganiga yaqqol namuna hisoblanadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube