“Qarshi yoshlar texnoparki” qoshida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) o‘z faoliyatini boshladi.
Markazda quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
✅ Patent-axborot xizmatlari: Jahonning yetakchi ilmiy-texnik va patent ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish.
✅ Huquqiy maslahatlar: Patentlash, foydali model, sanoat namunasi va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bepul ko‘mak.
✅ Tijoratlashtirish xizmatlari: Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, litsenziyalash va bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy yordam.
✅ Zamonaviy infratuzilma: Yuqori tezlikdagi internet, kompyuterlar va qulay ish muhiti.
📞 Murojaat uchun: +998 75 230 10 96
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
