📢 Bu startap bilan video darslar yozish endi yanada oson!
“WEGROWW TECH” MChJ Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “Onlayn ta’lim tizimi” startap loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarga istalgan joyda va vaqtda sifatli hamda hamyonbop bilimlarni yetkazib berish.
Ushbu platformada deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha darslarni o‘qitish mumkin. Onlayn darslarni tayyorlash xarajatlari juda kam bo‘lgani uchun ham kurslarning narxi oddiy darslardan bir necha barobar arzonroq.
Mazkur tizim hududlardagi yoshlarga ortiqcha mablag‘ va vaqt sarflamay, uydan turib zamonaviy kasb va fanlarni mukammal o‘rganish imkonini beradi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube