❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Ilmiy g‘oya muallifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.
Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi;
- So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
- Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
- G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
- Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.
❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 5-iyunidan 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar (26 kun qoldi!) startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
