Joriy yilning 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan ekspert va innovatorlarni jamlagan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘kalamzorlashtirish va ekologiya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan innovatsion loyihalar tanlovida Nukus Yoshlar texnoparki a’zosi hamda “InnoX” biznes-inkubatori bitiruvchisi Shaxida Qarlibayeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U o‘zining ekologik “Ecopots” loyihasi bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu yashil startap tashabbusini hayotga tatbiq etish va rivojlantirish uchun 125 000 000 so‘m miqdorida maqsadli moliyalashtirish mablag‘i ajratildi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube




