OpenAI kompaniyasi tasvirlarni maksimal darajadagi reallik bilan shakllantiruvchi yangi GPT-Image 2 modelini taqdim etdi. Ushbu model yordamida ilova interfeyslari, reklama maketlari va qo‘lyozma matnlar kabi murakkab elementlarni sun’iy intellektga xos vizual xatolarsiz, yuqori aniqlikda yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozirda barcha foydalanuvchilar, jumladan bepul versiya egalari ham yangi tizimni chatgpt.com manzili orqali sinovdan o‘tkazishlari mumkin.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube


