O‘zbekiston Respublikasi yosh muhandislari va olimlari uchun xalqaro tajriba almashish dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Ishtirok etish shartlari
✅ 20 yoshdan 40 yoshgacha.
✅ Bakalavr, magistratura talabalari yoki professor-o‘qituvchilar.
✅ Muhandislik yo‘nalishida amaliy ko‘nikma va xorijiy tillarni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) bilish.
✅ Mualliflik huquqiga asoslangan, innovatsion va tijoratlashtirish salohiyatiga ega ishlanma (g‘oya/ixtiro).
Dasturning afzalliklari
✅ Dunyoning nufuzli muhandislik markazlarida amaliyot o‘tash.
✅ Ilmiy ishlanmani xalqaro standartlar darajasida sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish.
✅ Xorijiy mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish.
🔗 Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish tartibi: muhandis.edu.uz
Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
