Tadbirda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspertlar hamda BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi yetakchi tashkilotlar delegatlari ishtirok etdi. Anjuman doirasida uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullari muhokama qilinib, sohadagi texnologik yechimlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan 10 dan ortiq mahalliy startap va tijoratlashtirish loyihalari bilan qatnashdi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube


