Guliston yoshlar texnoparkida InnoX dasturi doirasida yangi co-working maydoni ish boshladi. Ushbu joy startapchilar va innovatsion g‘oyalar egalari uchun ochiq maydon vazifasini o‘taydi.
Yangi co-working zonasida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
✅ startap loyihalarni noldan rivojlantirish;
✅ mutaxassislar va hamfikrlar bilan jamoalarga birlashish;
✅ innovatsion yechimlar ustida ishlash.
O‘z startapi uchun jamoa va qulay ish maydoni qidirayotgan yoshlar Guliston yoshlar texnoparkiga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube