TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.7K subscribers
Post #2440 941
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 11-fevral kuni “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.


✅ Qaror startaplar uchun qulay muhit yaratish, ularni moliyaviy, institutsional va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash orqali innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.

Qarorning eng muhim jihatlari
1. Yagona davlat siyosati va muvofiqlashtirish
• Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati belgilanadi;
• vakolatli organlar faoliyati muvofiqlashtiriladi.

2. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi
• grantlar, subsidiyalar;
• soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar;
• venchur kapitalni jalb qilish va rag‘batlantiriladi.

3. Infratuzilma va inkubatsiya tizimi rivojlantiriladi
• texnoparklar, inkubatorlar, akseleratorlar;
• kovorking maydonlari kengaytiriladi;
• ularning samaradorligi oshiriladi.

4. Startaperlarni o‘qitish va mentorlik qo‘llab-quvvatlanadi
• tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• mentorlik dasturlari;
• xalqaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi.

5. Xalqaro bozorga chiqish qo‘llab-quvvatlanadi
• eksport salohiyati oshiriladi;
• ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etiladi;
• chet el bozorlariga chiqiladi.

6. Xususiy sektor bilan hamkorlik
• investorlar, korporatsiyalar, IT-kompaniyalar;
• ta’lim va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.;

7. Ma’lumotlar bazasi va monitoring tizimi
• startaplar reyestri yaratiladi;
• rivojlanishni kuzatish va baholash tizimi joriy etiladi.


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 5
  • ⚡ 4
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
More from @startupper_uz
  1. Oct 10, 2026🔬 “BO‘LAJAK OLIM” TANLOVIGA TOPSHIRUVCHILAR DIQQATIGA! “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tan…
  2. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
  3. Oct 9, 2026Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodini Bosh…
  4. Oct 9, 2026Davlatimiz rahbari MDH sammitining tor doiradagi yig‘ilishida so‘zga chiqdi. — Глава нашег…
  5. Oct 8, 2026✅ Googledan startaplar uchun maxsus platforma! Google for Startups platformasida: ⏺Startup…
  6. Oct 8, 2026Post #3184
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →