Tanlov shartlari va ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: 👇
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi, 40 yoshdan oshmagan (40 yosh ham kiradi) O‘zbekiston fuqarolari. Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin;
✅ Loyiha ilmiy dalil, muammo yoki farazlarga asoslangan, jamiyat va iqtisodiyotdagi muayyan muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi lozim;
✅ So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
✅ Ilmiy g‘oyani hayotga tatbiq etish muddati 1 yilgacha etib belgilangan;
✅ G‘olib loyihalar asosida maket yoki prototip yaratilishi hamda uning bir nusxasi Innovatsion rivojlanish agentligining ko‘rgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
✅ Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ajratish mumkin emas;
✅ Materiallar ishonchli va plagiatdan xoli bo‘lishi shart. Loyiha rahbari ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Arizalar qabuli: 2026-yil 30-aprel soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Muddat: Tanlov yakunlanishiga 24 kun qoldi!
Hujjatlarni topshirish: Arizalar belgilangan shaklda, elektron tarzda startup.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
