Xizmat safari doirasidagi ilk manzil Nukus yoshlar texnoparki bo‘ldi
Agentlik mas’ullari texnoparkda avtomatlashtirilgan raqamli bosmaxona faoliyati va yosh innovatorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda ushbu maskan yosh startapchilar, olimlar va investorlar o‘rtasida o‘ziga xos innovatsion ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.
O‘rganishlar davomida texnoparkning kovorking zonalari va ishlab chiqarish maydonlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar g‘oyalarni tayyor mahsulotga aylantirishda akseleratsiya dasturlarining o‘rnini yuqori baholab, istiqboldagi vazifalarni belgilab berdilar.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube



