Agentlik mas’ullari u yerda oziq-ovqat va tikuvchilik yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari hamda talabalarning amaliyot o‘tashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasi texnopark rezidentlariga beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari orqali yanada kengaytirilmoqda. Xususan, daromad va ijtimoiy soliqlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkalar hamda uskunalar importidagi bojxona yengilliklari loyihalarning moliyaviy yukini kamaytirib, yangi innovatsion g‘oyalarni real biznesga aylantirish va hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube


