Urganch davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ilkhamov hamda talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Agentlik vakili tomonidan ishtirokchilarga startap ekotizimini rivojlantirish tartibi hamda g‘oyani shakllantirishdan mahsulotning minimal ishchi varianti (MVP) ni yaratishgacha bo‘lgan bosqichlar tushuntirildi.
Muloqot davomida startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda mavjud davlat grantlari va akseleratsiya dasturlari imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘z loyihalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mutaxassislardan texnik maslahatlar va aniq yo‘nalishlar oldilar.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube









