TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.66K subscribers
Post #2180 634
Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.

Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.

Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi.

Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi.

Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.

Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
More from @startupper_uz
  1. Oct 18, 2026Bir necha haftadan beri bir narsa ustida ishlayapmiz 🤫 Kanalga eng ko‘p keladigan savolla…
  2. Oct 17, 2026#tanishing_startap 🚀 7 yil oldin ochilgan startap bugun $60 mlrd turadi Amerikaning Ramp…
  3. Oct 17, 2026#raqamlarda 🔝 Sentabrda 17 ta o‘zbek startapi jami $1,6 mln investitsiya oldi Kim qancha…
  4. Oct 17, 2026Post #3211
  5. Oct 15, 2026➡️ FinTech Hackathon 2026: 50 mln so’mlik mukofot jamg’armasi! Toshkentdagi Inha universit…
  6. Oct 14, 2026Startapingiz uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qiling 📗 Agrobank va AgroVentures ko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →