TGViewer
StartupFest StartupFest @startupfestuz · 2.06K subscribers
Post #385 791
Catalyst x Hududgazta'minoti: atmosferani shunchaki his qiling!

🗓 15-sentabr kuni StartupFest jamoasi "Hududgazta'minoti" bilan birga Catalyst dasturini o'tkazdi. 30 dan ortiq ishtirokchi va 13 ta startap bir kun davomida yirik korporatsiya bilan yuzma-yuz keldi.

🏢 Kun kompaniyaning ichki dunyosiga sho'ng'ishdan boshlandi. Ishtirokchilar taqdimot va obyektga tashrif orqali Hududgazta'minoti qanday ishlashini o'z ko'zi bilan kuzatdi. Real muammolarni, real jarayonlarni yaqindan ko'rish - bu startaplar uchun eng qimmatli qism edi.


📝 Shundan so'ng jamoalar guruhlarga bo'linib, o'z g'oyalarini kompaniya ehtiyojlariga moslashtirishga kirishdi. Kun davomida ishtirokchilar uchun tushlik ham tashkil qilindi - muzokaralar, fikr almashinuvlar davom etaverdi.

🎤Kun oxirida barcha 13 ta startap sahnaga chiqib, o'z yechimlarini taqdim etdi. Har biriga ekspertlardan jonli feedback berildi.

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Linkedin
  • ❤ 4
  • 🎉 4
  • 🔥 2
  • 🤩 2
  • 🏆 1
  • 🤝 1
More from @startupfestuz
  1. Sep 22, 2026Post #388
  2. Sep 22, 2026Post #387
  3. Sep 17, 2026Post #386
  4. Sep 15, 2026Post #384
  5. Sep 15, 2026Post #383
  6. Sep 15, 2026Post #382
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →