Deal Velocity by MOST - texnologik startaplar uchun xalqaro akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi
MOST C-Space Hub Startup Booster bilan hamkorlikda o‘z mahsulotini kengaytirish va O‘zbekiston bozorida rivojlantirishga tayyor asoschilar uchun 8 haftalik dasturni ishga tushirmoqda.
Dastur doirasida:
• amaliy vorkshoplar va mentorlik sessiyalari;
• startaplarni rivojlantirish uchun AI vositalari bilan ishlash;
• xalqaro ekspertlar ko‘magi;
• investitsiyalarni jalb qilishga tayyorgarlik;
• yakuniy Demo Day.
Ishtirok etish uchun quyidagi startaplar taklif etiladi:
• MVPga ega bo‘lgan;
• O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilgan.
FinTech va RetailTech yo‘nalishlaridagi loyihalarga ustuvorlik beriladi, biroq boshqa texnologik startaplardan ham arizalar qabul qilinadi.
Dastur yakunida Startup Booster jamoasi loyihalarni investitsion jozibadorligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi.
📍 Format: gibrid (onlayn + oflayn)
Dastur tili: rus/ingliz tillari
🗓 Davomiyligi: 8 hafta
📢 Arizalarni qabul qilishning oxirgi kuni: 31-avgust.
RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN HAVOLA https://investready.uz/
Post #378
263

- ❤ 1