TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.25K subscribers
Post #8868 1.35K
🌍 Chegaralararo o‘sish: global ekotizimlar

Startup & Venture Summit doirasidagi panel sessiyasida startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, yangi ekotizimlarga integratsiya qilish va global hamkorlik orqali masshtablash masalalari muhokama qilinmoqda.

💬 Panelda xalqaro bozorlarga chiqishda eng katta xatolardan biri dastlabki qiziqishni haqiqiy bozor validatsiyasi deb qabul qilish ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, AQSh bozorida mahalliy ishonch, ilk pullik mijozlar va aniq masshtablash strategiyasi muhim rol o‘ynaydi.

📈 Founderlar bir vaqtning o‘zida ko‘plab yo‘nalishlarga tarqalib ketmasdan, avval 1–3 ta kuchli mijoz bilan ishlash va shu orqali tavsiyalar hamda yangi aloqalarni shakllantirishga e’tibor qaratishi kerakligi qayd etildi.

🌐 Shuningdek, global kompaniyaga aylanish yo‘li har doim ham Silikon vodiysidan boshlanishi shart emasligi aytildi. Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA kabi bozorlar ayrim startaplar uchun yirik mijozlar bilan tezroq ishlash va mahsulotni amalda sinash imkonini berishi mumkin.


🎙 Panelda:

🔵Gulasal Lutfullaeva — IT Park Uzbekistan
🔵Tugche Ergul — Hypernova Capital
🔵Jezus Varela Bellido — Ispaniya elchixonasi / ICEX
🔵Yujin Kim — SparkLabs
🔵Mark Kleyner — Dream VC
🔵Saif Hamdan Aziz Al Reyami — Knowledge Oasis Muscat


🔥 Jonli efirga o‘tish

#ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
More from @startupbaseuz
  1. Sep 22, 2026🏆 ASOCIO Awards 2026: O‘zbekistondan 10 ta g‘olib e’tirof etildi Startup & Venture Summit…
  2. Sep 22, 2026🇺🇿 O‘zbekiston ASOCIO a’zosiga aylandi! Startup & Venture Summit yakunida O‘zbekistonnin…
  3. Sep 22, 2026💸 IT Park Ventures oltita texnologik startapga yangi investitsiyalarni e’lon qildi 22-sen…
  4. Sep 22, 2026🔥 Headliner sahnada: Xulian Gilliam ma’ruzasi boshlandi 🎨 Kreativ founderlar davri: AI t…
  5. Sep 22, 2026🔥 Korporativ innovatsiyadan CVC’gacha Startup & Venture Summit doirasida korporatsiyalar…
  6. Sep 22, 2026🔍 Nega exit strategiyasini ilk kundanoq o‘ylash kerak? Startup & Venture Summit doirasida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →