TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.22K subscribers
Post #8811 1.03K
StartupBase 🏳️ Cerberus startapi qanday qilib AI-hakerlarni xavfsiz qilishga erishdi? Yaqinda Road to TechCrunch Disrupt 2026 g‘olibi deb topilgan O‘zbekiston startapi Cerberus kompaniyalardagi zaifliklarni avtonom aniqlashga yordam beradi. 📝 Cerberus startapi asoschisi…
📰 TechCrunch - o‘zbek startapining xalqaro muvaffaqiyati haqida

Dunyoning yetakchi texnologik nashrlaridan biri - TechCrunch Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 mintaqaviy finali va uning g‘oliblari to'g'risidagi maqolani e’lon qildi.

🚀 Bu yil tanlovga 39 davlatdan rekord darajadagi 726 ta ariza kelib tushdi. 22 ta finalchi orasidan O‘zbekistonning Cerberus startapi 1-o‘rinni, Qozog‘istonning WeGlobal AI startapi 2-o‘rinni, Yaponiyaning LOOQ startapi esa 3-o‘rinni egalladi.

🇺🇿 Cerberus’ning g‘alabasi O‘zbekiston uchun ham tarixiy natija bo‘ldi — u Road to TechCrunch Startup Battlefield’da 1-o‘rinni egallagan ilk o‘zbek startapiga aylandi.

💬 Maqolada O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mamlakat startap ekotizimida so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlar yuz berayotgani, tobora ko‘proq asoschilar murakkab texnologik mahsulotlar yaratib, boshidanoq xalqaro bozorlarni ko‘zlayotganini ta’kidladi.

“Cerberus’ning muvaffaqiyati ushbu taraqqiyotning yaqqol namunasi hamda o‘zbekistonlik asoschilar qanday mahsulotlar yarata olishini global texnologiya hamjamiyatiga namoyish etish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi”, — deydi Sherzod Shermatov.


🌐 Cerberus 13–15-oktabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan TechCrunch Disrupt 2026 doirasidagi Startup Battlefield 200 sahnasida Markaziy Yevrosiyoni namoyish etadi.

🔗 TechCrunch maqolasini o‘qing

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🎉 3
  • 😍 2
More from @startupbaseuz
  1. Sep 20, 2026✨ Global Startup Ecosystem Awards by StartupBlink: Kuchli startap ekotizimi qanday yaratil…
  2. Sep 20, 2026✨ ICT WEEK 2026: IT Park stendida to‘rt kunlik faol dastur! ICT WEEK Uzbekistan 2026 xalqa…
  3. Sep 19, 2026✨ Startup & Venture Summit: How Capital Is Finding the Fastest-Growing Ecosystems? 22-sent…
  4. Sep 19, 2026🔼 Gateway to Growth: Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlariga chiqishga tayyormisiz? 23-sen…
  5. Sep 19, 2026✨ Yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va global imkoniyatlardan foydalanishga tayyormisiz?…
  6. Sep 18, 2026🔼 Gateway to Growth: U.S.A. Startapingiz uchun navbatdagi bozor — AQSh 🇺🇸 ICT Week Uzbe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →