GCC va Afrika bozorlariga chiqishga tayyormisiz?
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida global bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgan kompaniya va startaplar uchun “Gateway to Growth: GCC and Africa” amaliy workshop’i bo‘lib o‘tadi.
🎙 Sessiyada IT Park Uzbekistan, Ummon Axborot texnologiyalari, aloqa va transport vazirligi, Knowledge Oasis Muscat, GB Ventures hamda Dream VC vakillari ishtirok etadi.
Dasturda:
🟩 Ummon bozori va kompaniyalar uchun milliy imtiyozlar;
🟩 Knowledge Oasis Muscat dasturlari va hamkorlik imkoniyatlari;
🟩 GCC hamda Afrika bozorlariga kirish strategiyalari;
🟩 bozor tanlash, investorlar talablari, hamkorlik va lokalizatsiya;
🟩 venchur va korporativ investorlar nimalarga e’tibor berishi;
🟩 turli Afrika mamlakatlarida biznes yuritishning amaliy jihatlari.
Workshop davomida ishtirokchilar ekspertlarga o‘z savollarini berish va bozorga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📍 Manzil: Startup Garage
🗓 Sana: 23-sentabr
⏲ Vaqt: 14:00–16:00
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
🚀 GCC va Afrika bozorlariga chiqish imkoniyatlarini o‘rganing hamda xalqaro kengayish strategiyangizni ekspertlar bilan muhokama qiling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

