TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.29K subscribers
Post #8765 1.54K
🛠 #ToolOfTheWeek | Make

🤔 Takroriy vazifalarga hali ham vaqt sarflayapsizmi?

Make — ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun vizual platforma. U murakkab kod yozmasdan ilovalar, servislar va AI-vositalarni yagona ssenariyga birlashtirish imkonini beradi.

🔎 Make orqali:
🔵 sayt yoki formadan kelgan arizalarni CRM va Google Sheets’ga avtomatik yo‘naltirish;
🔵 yangi lead va vazifalar haqida jamoaga xabar yuborish;
🔵 follow-up xatlar va mijozlar onboardingi jarayonini avtomatlashtirish;
🔵 turli servislar o‘rtasidagi ma’lumotlarni sinxronlashtirish;
🔵 kontent, ma’lumotlar va foydalanuvchi murojaatlari bilan ishlash uchun AI-ssenariylar yaratish mumkin.

Make 3 000+ integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu sababli startap foydalanadigan vositalarni yagona tizimga bog‘lash mumkin.

👥 Kimlar uchun foydali?

Make ayniqsa startap asoschilari, marketologlar, savdo bo‘limlari, product va project menejerlar hamda takroriy vazifalarni kamaytirmoqchi bo‘lgan kichik jamoalar uchun foydali.

Bir marta to‘g‘ri sozlangan ssenariy o‘nlab takroriy vazifalarni avtomatik bajarib, mahsulot va mijozlar bilan ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratishga yordam beradi.


👌 Startapingizni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni har hafta O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan Startup Advice sessiyalarida olishingiz mumkin.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🤩 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 25, 2026Bulutli texnologiyalar data analytics sohasini qanday o'zgartirdi? AWS Community Day Centr…
  2. Sep 25, 2026🔥 Ignyte AI Challenge 2026 tez orada boshlanadi! ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Ign…
  3. Sep 25, 2026🧠 AWS Community Day Central Asia 2026: Viktor Vedmich sahnada AWS’ning katta yechimlar ar…
  4. Sep 25, 2026🎙 AWS Community Day Central Asia 2026: Community Talk boshlandi Tadbir doirasida Shakhzod…
  5. Sep 25, 2026🎙 AWS Community Day Central Asia 2026: Jeff Barrning chiqishi boshlandi ICT WEEK Uzbekist…
  6. Sep 25, 2026☁️ AWS Community Day Central Asia 2026 boshlanmoqda! ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →