Atigi 48 soatda shunday o‘yin yaratish mumkinmi?
🌠 LVL Game Jam O‘zbekiston Mustaqilligi mavzusiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar bu mavzuni o‘z o‘yinlarida turli janr, syujet va mexanikalar orqali talqin qilishdi.
Jamoalar O‘zbekistonning madaniy merosi va Mustaqillik g‘oyalaridan ilhomlanib, 48 soat ichida o‘z o‘yin prototiplarini yaratishdi.
✨ Bugun Game Jam’da 1-o‘rinni egallagan Wisp Games jamoasining Independent News o‘yiniga e’tibor qaratamiz.
📰 Independent News —pixel-art uslubidagi tycoon o‘yin bo‘lib, unda o‘yinchi yangiliklar tahririyatini boshqaradi.
Siz kun davomida kelib tushayotgan voqealarni kuzatasiz, qaysi yangiliklarni yoritishni tanlaysiz va navbatdagi nashrni shakllantirasiz.
Har bir tanlov o‘yin jarayoniga ta’sir qiladi: qaysi mavzular auditoriyani ko‘proq qiziqtiradi, nimalarga e’tibor qaratish kerak va tahririyatni qanday rivojlantirish — bularning barchasini o‘yinchi o‘zi hal qiladi.
💻 O‘yinning o‘zi ham sodda, ammo qiziqarli formatda yaratilgan:
2D pixel-art grafika, sichqoncha orqali boshqaruv va tycoon janriga xos qaror qabul qilish mexanikalari.
🕹 Siz ham Independent News’ni sinab ko‘rishingiz mumkin:
👉 itch.io’da o‘ynash
🌠 LVL Game Jam’da bizning e’tiborimizni tortgan kuchli o‘yinlar ko‘p bo‘ldi.
Keyingi postlarda ulardan yana bir nechtasini siz bilan yaqindan ko‘rib chiqamiz.
#Mustaqillik35 #Uzb35
@startupbaseuz