10-sentabr kuni Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
📝 Digital Uzbekistan — O‘zbekiston texnologik kompaniyalari bilan zamonaviy IT-yechimlarni izlayotgan xorijiy biznes vakillarini birlashtiruvchi xalqaro uchrashuvlar formati.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔵 O‘zbekiston kompaniyalari IT-yechimlarining taqdimotlari;
🔵 potensial hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;
🔵 hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va tajriba almashish;
🔵 O'zbekiston va Qirg'izston biznes va IT-hamjamiyati vakillari bilan networking;
🔵 kofe-breyk.
Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari AI, avtomatlashtirish, raqamli servislar, analitika va boshqa yo‘nalishlardagi mahsulotlarini taqdim etadi.
🗓 Arizalar qabuli 6 sentabrgacha
⏲ 11:00
📍 Texnopark, Bishkek shahri
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
🚀 Qirg‘iziston bozoridagi yangi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
