Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning DOMO startapi IT Park Ventures fondidan investitsiya jalb qildi.
🔎 DOMO — minglab oilalar uchun kommunal to‘lovlarni yagona raqamli muhitda soddalashtiruvchi HomeTech yechim.
Startap o‘tgan yili, rebrendingdan avval — HGT nomi ostida — 9 mamlakatdan startaplar qatnashgan 💻Digital Startup Awards tanlovining Best Startup Project yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan.
Jalb qilingan investitsiya quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:
🔹 mahsulotni yanada rivojlantirish;
🔹 faoliyat geografiyasini kengaytirish;
🔹 savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish;
🔹 marketing va jamoani kuchaytirish;
🔹 IT-infratuzilmani takomillashtirish.
🖥 Batafsil saytimizda o'qing
Yangi investitsiya DOMOga xizmatni yaxshilash, auditoriyani kengaytirish va biznesni tezroq masshtablash imkonini beradi.
🚀 DOMO jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
