TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.29K subscribers
Post #8718 1.54K
🇺🇿 Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi

🚀 Buxorolik talabalar uchun xalqaro startap ekotizimiga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bukhara Digital Silk Road dasturi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, ularni biznes loyihalarga aylantirish va xalqaro bozorga olib chiqishga qaratilgan.

Dastur Raqamli texnologiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, UGL Holding va Plug and Play hamkorligida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar Plug and Play’ning 550+ korporativ hamkori va 3 000+ mentori tarmog‘idan foydalanib, mentorlik, kouching va investorlar uchun tayyorgarlik dasturlarida qatnashadi.

📈 9 oy davomida 300–400 nafar talabadan 100 ta jamoa saralab olinadi. Yakunda 15 ta eng yaxshi startap Plug and Play Bukhara Expo’da investorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillariga o‘z loyihalarini taqdim etadi.

Dasturga Mercedes-Benz, NVIDIA, AWS, Porsche, Nestlé, Revolut va Procter & Gamble kabi kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan. Keyingi akseleratsiya bosqichi esa IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


🔗 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
  • 😍 2
  • 🎉 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 25, 2026Turli formatdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qanday tahlil qilish mumkin? AWS Communi…
  2. Sep 25, 2026Sun’iy intellektdan xavfsiz va qonuniy foydalanishni qanday ta’minlash mumkin? AWS Communi…
  3. Sep 25, 2026"Kubernetes" tizimlarida muammolarni qanday qilib erta aniqlash mumkin? AWS Community Day…
  4. Sep 25, 2026inDrive infratuzilmasini qanday qilib tezroq boshqarishga erishdi? AWS Community Day Centr…
  5. Sep 25, 2026🌍 Gateway to Growth: Yevropa va AQSh bozorlariga yo‘l ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  6. Sep 25, 2026Bulutli tizimlarni qanday qilib yanada barqaror va samarali qilish mumkin? AWS Community D…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →