❓ Jamoa ko‘p ishlayapti, ammo startap oldinga siljimayaptimi?
Balki unga treker kerakdir.
Treker — startap jamoasiga asosiy muammoni aniqlash, gipotezalarni shakllantirish va rivojlanishning keyingi bosqichlarini belgilashga yordam beradigan mutaxassis.
🤔 Treker startapga qanday yordam beradi?
🟣o‘sishni sekinlashtirayotgan asosiy to‘siqni aniqlaydi;
🟣 ustuvor vazifalar va o‘lchanadigan maqsadlarni belgilashga yordam beradi;
🟣 natijalarni tahlil qilib, keyingi qadamlarni aniqlashtiradi;
🟣 jamoaning fokusi va ish sur’atini saqlab turadi.
Treker bilan ishlagandan so‘ng startap nimaga ega bo‘ladi?
✅ qaysi muammoni birinchi hal qilish bo‘yicha aniq fokus;
✅ o‘lchanadigan KPI va maqsadlar;
✅ keyingi sprint yoki rivojlanish bosqichi uchun aniq harakatlar rejasi.
Treker founderga to‘g‘ri savollar, muntazam sessiyalar va natijalar tahlili orqali o‘z yechimini topishga yordam beradi.
💡 Startapingizga ham shunday tizimli yordam kerakmi?
StartupBase’ning 🏳️ Treking dasturi orqali loyihangiz uchun saralangan treker bilan ishlab, asosiy to‘siqlarni aniqlashingiz va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilashingiz mumkin.
🔗 Ariza topshirish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
