TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.29K subscribers
Post #8709 1.38K
🛠 #ToolOfTheWeek | DocSend

🤔 Pitch deck’ni investorga yubordingiz, ammo javob kelmadi.
U taqdimotni ochdimi?
Qaysi slaydlar e’tiborini tortdi?
Qayerda ko‘rishni to‘xtatdi?

📝 DocSend — pitch deck va boshqa hujjatlarni kuzatiladigan havola orqali ulashish hamda investorlarning qiziqishini tahlil qilishga yordam beradi.

DocSend orqali:
🔵 har bir investor uchun alohida kuzatiladigan havola yaratish;
🔵 pitch deck ochilganda bildirishnoma olish;
🔵 qaysi slaydlar ko‘rilgani va ularga qancha vaqt ajratilganini bilish;
🔵 taqdimot qayta ochilgani yoki havola boshqa odamga yuborilganini kuzatish;
🔵 hujjatni yuklab olishni cheklash, parol va amal qilish muddatini belgilash mumkin.

🔼 Bu ma’lumotlar qaysi investorlar taqdimotga ko‘proq qiziqish bildirayotganini aniqlash, follow-up uchun to‘g‘ri vaqtni tanlash va pitch deck’ning sust slaydlarini yaxshilashga yordam beradi.

💡 Gamma va DocSend o‘rtasidagi farq:
Gamma — pitch deck yaratishga yordam beradi.
DocSend — investor pitch deck’ni qanday ko‘rayotganini ko‘rsatadi.


👉 Pitch deck’ingizni shunchaki yubormang — uning investorlar tomonidan qanday ko‘rilayotganini kuzating va follow-up’ni aniqroq rejalashtiring.

👌 Startapingiz uchun ekspertlar fikrini olishni istasangiz, navbatdagi Startup Advice sessiyalarini kuzatib boring.

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🙏 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Startup Genome O‘zbekiston startap ekotizimini global miqyosda ri…
  2. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan xalqaro hablar bilan o‘zbek startaplarining xorijiy bozorlarga chiqi…
  3. Sep 25, 2026🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imk…
  4. Sep 25, 2026🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatn…
  5. Sep 25, 2026🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →