❌ Mif: Startap yo‘nalishini o‘zgartirsa, demak dastlabki g‘oya muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.
✅ Aslida: Pivot — mag‘lubiyat emas, bozor signallariga moslashishdir.
Buni Slack hamda OY: Tickets’dan OYGUL’gacha bo‘lgan yo‘l misolida ko‘rib chiqamiz.
💬 Slack tarixi o‘yin yaratishdan boshlangan.
Glitch loyihasi kutilgan natijani bermadi, biroq jamoa ish jarayonida o‘zi uchun ishlab chiqqan ichki muloqot vositasida katta salohiyat borligini ko‘rdi.
Jamoa o‘yinni rivojlantirish o‘rniga ushbu vositani alohida mahsulotga aylantirdi. Shu tariqa Slack kompaniyalar uchun mashhur ishchi muloqot platformasiga aylandi.
✨ Mahalliy misol — OY: Tickets → OYGUL
OY: Tickets Toshkentda kino chiptalarini onlayn bron qilish uchun yaratilgan ilk saytlardan biri edi. Biroq platformaning bir nechta kinoteatrlar bilan hamkorlikka kuchli bog‘liqligi va bozordagi cheklovlar loyihani kutilgan miqyosda rivojlantirishga imkon bermadi.
Jamoa eski modelni davom ettirish o‘rniga bozorni qayta o‘rgandi: 200 + potensial mijoz bilan suhbatlashib, 60 + gul do‘konining faoliyatini tahlil qildi.
Tadqiqot davomida xaridorlar uchun sifatli gul va sovg‘alarni onlayn tanlash qiyinligi, gul do‘konlarida esa savdo va mijozlar bilan ishlash uchun raqamli vositalar yetishmasligi aniqlandi.
Shu signallar asosida OYGUL — gullar va sovg‘alar marketplace’i hamda floristlar uchun CRM-platforma yaratildi.
OYGUL 🥇 President Tech Award’da 1-o‘rinni egallab, $100,000 mukofotga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda esa jamoa o‘z tajribasini yangi yo‘nalish — TTLK’ni rivojlantirishda davom ettirmoqda.
🔄 Pivot — bu foydalanuvchilar xatti-harakati, bozor talabi va real ma’lumotlar asosida to‘g‘riroq yo‘lni tanlashdir.
🔝 Kuchli startap dastlabki g‘oyaga emas, yechayotgan muammosiga sodiq qoladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
