O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Hujjat IT Park Uzbekistan hududida global IT-kompaniyalar, startaplar, investorlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro mutaxassislar uchun alohida texnologik yurisdiksiya yaratadi.
Qonunda nimalar nazarda tutilgan?
🟢 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim;
🟢 Angliya va Uels umumiy huquqi elementlariga asoslangan tartibga solish tizimi;
🟢 ingliz tilida ish yuritish;
🟢 eksport va Markaz hududidagi faoliyat uchun 0% foyda solig‘i va QQS;
🟢 xorijiy mutaxassislar uchun 0% JShDS hamda investorlar uchun soliq imtiyozlari;
🟢 investitsiyalarni himoya qilish va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish;
🟢 innovatsiyalarni 12 oygacha sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi tartibga solish “qumdoni”;
🟢 sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar va intellektual mulk uchun maxsus qoidalar;
🟢 xorijiy mutaxassislar uchun uch yilgacha viza va moslashuvchan mehnat shakllari.
Enterprise Uzbekistan — bu shunchaki soliq imtiyozlari emas. Markaz xalqaro biznes uchun kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiya kiritish, korporativ boshqaruv, mehnat munosabatlari, bank operatsiyalari va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushunarli va barqaror muhit yaratadi.
Maxsus huquqiy rejim doirasidagi nizolar Toshkent xalqaro tijorat sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔼 Keyingi bosqichda amaliy tartiblarni ishlab chiqish, raqamli xizmatlarni ishga tushirish hamda global texnologik kompaniyalar, startaplar va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilgan.
🔗 Batafsil saytimizda
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
