TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.28K subscribers
Post #8695 1.38K
🇩🇪 Berlinda “Digital Champions” vatandoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritasizmi yoki tahsil olyapsizmi?

15-sentabr kuni Germaniyada IT va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar uchun Digital Champions networking uchrashuvi tashkil etiladi.

Tadbir davomida:
🔹 IT Park Uzbekistan ekotizimi va hamkorlik imkoniyatlari taqdimoti;
🔹 O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivoji va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokamasi;
🔹 Digital Champions dasturi bilan tanishuv;
🔹 Germaniyadagi vatandoshlar va IT-hamjamiyat vakillari bilan networking;
🔹 O‘zbekiston IT-kompaniyalarini Yevropa bozorida ilgari surish hamda reseller, texnologik hamkor yoki ambassador sifatida hamkorlik qilish imkoniyatlari.

Tadbir mutaxassislar, tadbirkorlar hamda texnologik hamjamiyat vakillarini bir maydonda jamlaydi.

🤝 Uchrashuv yangi professional aloqalar o‘rnatish, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun imkoniyat yaratadi.

📍 Venue: Embassy of the Republic of Uzbekistan in Germany
🗓 Date: September 15, 2026
⏰ Time: 11:00 AM – 1:00 PM (Berlin time)

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Germaniyada IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsangiz, Digital Champions uchrashuviga qo‘shiling!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🙏 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 27, 2026🤖 Ignyte AI Demo Day: xorijiy AI-startaplar O‘zbekiston bozoriga o‘z yechimlarini taqdim…
  2. Sep 26, 2026🎤 Pitch Point: startaplar va investorlar bir maydonda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  3. Sep 26, 2026⏰ Eslatma: bugun AI jamoalari va smart kapital bo‘yicha vorkshop! Bugun, 26-sentabr kuni x…
  4. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Startup Genome O‘zbekiston startap ekotizimini global miqyosda ri…
  5. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan xalqaro hablar bilan o‘zbek startaplarining xorijiy bozorlarga chiqi…
  6. Sep 25, 2026🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →