ℹ️ Bugun O‘zbekistonda startaplarni kimlar yaratmoqda?
Stanbase O‘zbekistondagi startap asoschilariga bag‘ishlangan yillik Uzbekistan Founder Portrait 2026 tadqiqoti natijalarini taqdim etdi, IT Park Uzbekistan esa uning strategik hamkori sifatida ishtirok etdi.
Tadqiqot O‘zbekistonning turli hududlaridagi startap asoschilaridan olingan 229 ta anketa va 25 ta chuqurlashtirilgan intervyu asosida tayyorlandi.
Taqdimot U-Enter’da bo‘lib o‘tdi va startap ekotizimining 100 dan ortiq vakilini bir joyga jamladi.
Tadqiqotning asosiy xulosalari:
🔹 asoschilarning 47 foizi 24 yoshdan kichik;
🔹 56 foizi startapini hammuassissiz rivojlantirmoqda;
🔹 63 foizi moliyalashtirishga erishishni o‘sish yo‘lidagi asosiy to‘siq deb hisoblaydi.
🖥 Saytmizda ba'tafsil o‘qing
🔗 Tadqiqotning to‘liq versiyasi bilan tanishing
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Post #8581
1.42K






- 🔥 8
- 🎉 4
- 👏 3