Y Combinator yangi Requests for Startups ro‘yxatini e’lon qildi.
2026-yilgi kuzgi mavsumning asosiy mavzusi — chatbotlar doirasidan chiqib, turli sohalarning bir qismiga aylanayotgan AI.
Ustuvor yo‘nalishlar orasida:
🔴shaxsiylashtirilgan AI-repetitorlar va ommaviy AI-mahsulotlar;
🔴 dronlar, sensorlar va boshqa DefenseTech-yechimlar;
🔴 jamoalar birgalikda ishlay oladigan AI-agentlar;
🔴 qurilish, logistika va ishlab chiqarish uchun texnologiyalar;
🔴 keksalar uchun AI-yechimlar;
🔴 jismoniy dunyo haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va yangi hisoblash infratuzilmasi;
🔴 deepfake’lardan himoya va shaxsni tasdiqlash tizimlari;
🔴 stablecoinlar, xalqaro to‘lovlar va komplayens jarayonlarini avtomatlashtirish.
👉 Yo‘nalishlar bilan tanishing
👍Agar siz dasturga muvaffaqiyatli qabul qilinib, uni tamomlasangiz, "Raqamli Startaplar Dasturi" doirasida sizning aviachiptalar va yashash xarajatlaringizning 50% gacha bo‘lgan qismini qoplash imkoniyati mavjud.
Ariza topshirishga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun IT Park jamoasi va uning AQShdagi hamkorlaridan mentorlik yordamini olish maqsadida biz bilan bog‘laning.
Shuningdek, kanalimizga obuna bo‘ling va qishki (Winter) dastur uchun ariza topshirish muddatlarini o‘tkazib yubormang.
🚀 Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang va tanlovlarga ariza topshiring.
Barcha founderlarga omad tilaymiz!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
