Agar startupingiz Product-Market Fit (PMF) topmasdan turib masshtablashni boshlasa, nima bo‘ladi?
Keling, buni Quibi misolida ko‘rib chiqamiz.👇
Quibi — smartfonlarda tomosha qilish uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan professional serial va shoularni taqdim etgan AQSh striming startapi.
🗓 Tashkil etilgan: 2018
❌ Yopilgan: 2020 (ishga tushganidan atigi 6 oy o‘tib)
💰 Jalb qilingan investitsiyalar: $1,8 mlrd
⭐️ Mashhur nomlar, katta umidlar
Quibi uchun eksklyuziv kontentni Jennifer Lopez, Liam Hemsworth, Sophie Turner, Idris Elba, Reese Witherspoon, LeBron James, Steven Spielberg va boshqa ko‘plab mashhurlar yaratgan hamda unda ishtirok etgan.
Startupni Disney, Sony Pictures, NBCUniversal, Alibaba, Goldman Sachs, JPMorgan Chase va boshqa yirik investorlar qo‘llab-quvvatlagan.
🤔 Nega startup muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
• Pullik mobil striming xizmatini foydalanuvchilar allaqachon TikTok va YouTube orqali qisqa videolarni bepul tomosha qilayotgan paytda ishga tushirdi.
• Original kontent ishlab chiqarishga qariyb $1 mlrd sarfladi, ammo haqiqiy ommabop xit yarata olmadi.
• Product-Market Fit mavjudligini tasdiqlamasdan turib masshtablashni boshladi.
• Kontentni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoniyatlari cheklangani sababli organik o‘sishdan mahrum bo‘ldi.
Hatto $1,8 mlrd investitsiya, Gollivud yulduzlari va afsonaviy rahbarlar ham foydalanuvchilarga kerak bo‘lmagan mahsulotni saqlab qola olmadi.
🎯 Pul sizga eshiklarni ochishi mumkin. Ammo ularni ochiq ushlab turadigan narsa — Product-Market Fit.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
