TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.5K subscribers
Post #8524 1.63K
📖 #StartupDictionary

PMF (Product-Market Fit) nima?

🤔 Tasavvur qiling: siz mahsulot yaratdingiz va u ishlayapti. Ammo buning o‘zi hali yetarli emas.

Muhimi, mahsulot odamlarga kerakligi: ular undan qayta foydalanadimi, boshqalarga tavsiya qiladimi va buning uchun pul to‘lashga tayyormi?

🎯 Agar javob “ha” bo‘lsa, demak mahsulot Product-Market Fit’ga (PMF) erishgan — o‘z auditoriyasini topgan va bozorda o‘z o‘rnini egallagan.

Product-Market Fit (PMF) — mahsulot muayyan auditoriyaning muhim muammosini shunchalik samarali hal qiladigan bosqichki, foydalanuvchilar unga muntazam qaytadi, boshqalarga tavsiya qiladi va pul to‘lashga tayyor bo‘ladi.

PMF’ga yaqinlashganingizni qanday bilish mumkin?

• foydalanuvchilar muntazam qaytadi;
• ular mahsulotni boshqalarga tavsiya qiladi;
• talab faqat reklama hisobiga o‘smaydi;
• mahsulot iqtisodiyoti ishlay boshlaydi va uni masshtablash real imkoniyatga aylanadi.

Nima uchun bu muhim?

PMF’ga erishmasdan turib, startapni masshtablashga hali erta. Ko‘proq marketing ham bozorga kerak bo‘lmagan mahsulotni qutqara olmaydi. PMF topilgach esa o‘sish ancha tez va barqaror tus oladi.


❗️ Eng muhimi — avval mahsulotingiz auditoriyaga chindan ham kerakligiga ishonch hosil qiling, shundan keyingina uni masshtablashga o‘ting.

👉 PMF’ni qanday izlash va bu jarayonda CustDev qanday yordam berishi haqida #StartupDictionary keyingi sonida gaplashamiz.

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 7
  • 🎉 3
  • 🤩 3
More from @startupbaseuz
  1. Oct 14, 2026Post #9240
  2. Oct 14, 2026📣 BEYOND Accelerator: mahsulot va daromaddan — investitsiya va masshtablashgacha Startapi…
  3. Oct 13, 2026🎮 O‘zbekistonda yaratilgan 30+ o‘yinni bir joyda sinab ko‘rishga tayyormisiz? Mahalliy ge…
  4. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  5. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  6. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →